Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahridagi favvoralar odatdagidan ertaroq ishga tushirildi
29 aprel kuni, mahalliy vaqt bilan soat 15:00 da Toshkent shahridagi barcha favvoralar ishga tushirildi. Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatidan KUN.UZ'ga ma'lum qilinishicha, poytaxtda mavjud 60 ta favvoraning 59 tasi ishga tushirilgan, birgina "Istiqlol" san'at saroyi binosi ortidagi favvora restavratsiya munosabati bilan ishga tushirilmagan.
Ta'kidlash joizki, joriy yilda poytaxt favvoralari odatdagidan ikki kunga ertaroq, ya'ni 1 may o‘rniga 29 aprel kuni ishga tushirilgan. 29 aprel kuni havo harorati avvalgilariga nisbatan baland bo‘ldi. Bundan tashqari, bugun Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi.
Hokimlikda barcha hamshaharlarimiz bugundan oilaviy sayrlarga chiqib, favvoralarni tomosha qilishlari mumkinligi, shuningdek ularning atrofida o‘tirib, muzqaymoq va salqin ichimliklardan baxramand bo‘lishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgani qo‘shimcha qilindi.






Mavzuga oid
12:40 / 26.12.2025
“Toshkent–Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi poyezdlar uchun yangi liniya quriladi
23:34 / 25.12.2025
Toshkent shahri uchun dizayn-kod ishlab chiqildi
16:25 / 25.12.2025
“O‘zavtoyo‘l” binosi 242 mlrd so‘mga sotildi
11:56 / 25.12.2025