Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya IIV rahbari iste'fosiga nima sabab bo‘lgani aytildi
Britaniya ichki ishlar vaziri Ember Radd bosh vazir Tereza Meyga yo‘llagan maktubida nega iste'foga chiqishga qaror qilgani haqida aytib o‘tdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Avvalroq, Radd mojaro fonida vazir lavozimidan ketishga qaror qilgani ma'lum bo‘ldi. OAVning aniqlashicha, Britaniya vazirligida mamlakatdan muhojirlarni chiqarib yuborish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar bor. Radd bu holatdan xabardor ekanini rad etdi, biroq OAV bunga ishonmadi.
«Men iste'foga chiqishim lozim ekani haqidagi xulosaga keldim, sababi parlamentning ichki ishlar bo‘yicha qo‘mitasini noqonuniy muhojirlarni chiqarib yuborishga doir maqsadli ko‘rsatkichlar bo‘yicha atayin xato o‘ylashga majbur qildim. Men vaziyatni bilishim kerak edi, hamda buning uchun barcha mas'uliyatni o‘z zimmamga olaman», - deyiladi Raddning maktubida.
Ta'kidlanishicha, Mey vazirning iste'fosini ma'qullagan.
Mavzuga oid
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026
Morgan ko‘z uzish imkonsiz retro dizaynli avtomobilni taqdim qildi
21:12 / 25.06.2026
Shavkat Mirziyoyev va Toni Bler hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi
17:26 / 23.06.2026