Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda sanksiyalar ehtimoliga Windows va Android muqobillari ishlab chiqildi
Foto: AP Photo /Mark Schiefelbein
Xitoyning Huawei kompaniyasi Android va Windows operatsion tizimlari o‘rnini bosa oluvchi o‘z operatsion tizimini ishlab chiqdi. Bu haqda South China Morning Post nashri ma'lum qildi.
Xitoyda smartfonlar sotish bo‘yicha yetakchi bo‘lgan kompaniya o‘z operatsion tizimini yaratish ustidagi ishlarni AQSh Xitoyning ZTE kompaniyasiga nisbatan tergov boshlagandan keyin, 2012 yildan boshlagan. Keyinroq ZTE’ga o‘z mahsulotlarida AQShda ishlab chiqilgan texnologiyalarni qo‘llash taqiqlangan.
Huawei ham mobil, ham kompyuter versiyalarida mavjud bo‘ladigan operatsion tizim ustidagi ishlarni AQSh ham unga ZTE kabi sanksiyalar kiritishi ehtimoliga olib borgan.
Huaweiֹ’ning o‘zi ham yangi operatsion tizimi Android’dan sezilarli darajada yomonroq ekanligini tan olmoqda. Kompaniya rahbariyatining ta'kidlashicha, agar AQSh texnologiyalaridan foydalanish imkoniyati cheklanmasa, yangi operatsion tizim chiqarilmaydi.
Mavzuga oid
15:00 / 13.03.2026
“Huawei MWC Barcelona 2026”da sakkizta GLOMO mukofotini qo‘lga kiritdi
21:30 / 22.02.2026
Huawei fevral oxirida global taqdimot o‘tkazadi
13:09 / 18.02.2026
Telegram blokirovkasi fonida: rossiyaliklar Windows bilan muammolardan shikoyat qilmoqda
12:44 / 16.12.2025