Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropolni birinchi marta ayol kishi boshqaradigan bo‘ldi
Sobiq Belgiya kriminal politsiyasi bosh komissari Katrin de Boll seshanba kuni rasman Yevropa politsiya agentligi (Yevropol) ijrochi direktori lavozimiga kirishdi. Tarixda birinchi marta bu muassasani ayol kishi boshqardi, deyiladi tashkilot xabarida.
Yevropa Ittifoqining ichki ishlar va adliya kengashi Bryusseldagi yig‘ilishda uni shu lavozimga tasdiqladi. U bu lavozimda Yevropol ijrochi direktori Rob Ueynraytning o‘rnini egalladi. Yevropol rahbari to‘rt yillik muddatga belgilanadi.
"Mening bu lavozimdagi asosiy vazifam agentlikka ishonchni oshirish va uning faoliyati samaradorligini oshirish. Bundan tashqari, Yevropolga a'zo mamlakatlarning operatsion ehtiyojlari va uning Yevropa xavfsizligi kun tartibidagi roli o‘rtasida muvozanat saqlanishini ta'minlash zarur", - dedi Boll lavozimga tayinlanganidan keyin.
48 yoshli Katrin de Boll - mutaxassisligi bo‘yicha yurist, dastavval jandarmeriya, keyin esa kriminal politsiya ofitseri bo‘lgan. 2012 yilda u Belgiya Federal politsiyasining bosh komissari bo‘ldi va bu lavozimda faoliyat yuritgan birinchi ayol bo‘ldi.
Mavzuga oid
22:11 / 16.07.2025
Yevropa bo‘ylab hujumlarda ishtirok etgan rossiyalik hakerlar guruhi qo‘lga olindi
09:49 / 23.07.2024
Yevropol YeIda kiberjinoyatchilik darajasi oshib borayotganini ma’lum qildi
10:57 / 06.03.2024
Slovakiyalik oligarx Yevropolga qarshi sudda g‘alaba qozondi
09:23 / 06.04.2023