Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Keniyada toshqinlar oqibatida 70 dan ko‘proq kishi halok bo‘ldi
Keniyada bir oy avval boshlanib, uzoq davom etgan kuchli yomg‘irlar tufayli 70 dan ko‘proq odam halok bo‘ldi va 40 mingga yaqin oila hamon o‘z uylariga qayta olmayapti. Bu haqda Qizil Xoch jamiyati ma'lum qildi.
“Yomg‘ir davom etayotgan vaziyatda toshqinlar hamon minglab odamlarga xavf solmoqda. Xodimlarimiz va ko‘ngillilar xavf yuqori bo‘lgan hududlardan oilalarni evakuatsiya qilish uchun uzzukun ishlashmoqda”, deb ma'lum qilgan jamiyat bosh kotibi Abbos Gullet.
Ta'kidlanishicha, mart oxirida yomg‘irlar boshlangandan keyin 70 dan ko‘proq odam halok bo‘lgan, 211 mingdan ko‘proq odam o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. Ko‘plab uylar, fermalar, yo‘llar va boshqa infratuzilma obektlari vayron bo‘lgan.
Mamlakatdagi vaziyat KenGen energokompaniyasi Tana daryosidagi GESlaridan suvlarni chiqarib yuborishni boshlagandan keyin keskin yomonlashgan. Buning oqibatida daryo o‘z qirg‘oqlaridan chiqib ketgan.
Mavzuga oid
14:48 / 30.03.2026
Bitta «malika» 220 dollar. Keniyada noqonuniy chumoli savdosi avj oldi
10:05 / 17.03.2026
Keniya TIV: keniyaliklar endi Ukrainadagi urushga yollanmaydi
14:36 / 27.02.2026
Keniyaliklarni RF urushiga yollash: ayblanuvchi qo‘lga olindi
13:51 / 20.02.2026