Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janni Infantino mini jahon chempionati o‘tkazishni rejalashtirmoqda – Reuters
Foto: REUTERS/Martin Acosta
FIFA prezidenti Janni Infantino xalqaro futbol musobaqalarini tubdan modernizatsiya qilishni rejalashtirmoqda.
Reuters axborot agentligining ma'lum qilishicha, Infantinoning rejasiga Konfederatsiyalar kubogi kirmaydi. Infantinoning taklifiga ko‘ra, bu musobaqa har 2 yilda bir marta toq yillarda o‘tkaziladigan va 8 ta jamoa ishtirok etadigan yangi jahon chempionati bilan o‘zgartiriladi. Musobaqaning loyihaviy nomi “Sakkizlik finali” bo‘lib, uning doirasida ilk musobaqa 2021 yilning oktabr-noyabr oylarida o‘tkazilmoqchi.
Yangi jahon chempionati terma jamoalarning o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘rnini egallashga chorlangan Millatlar ligasining kulminatsiyasi bo‘ladi. Biroq hozircha Infantinoning g‘oyasini Millatlar ligasida faqat Yevropa jamoalari ishtirok etishi bilan qanday uyg‘unlashtirish mumkinligi noaniq bo‘lib qolmoqda.
Infantino bildirayotgan yana bir taklif klublar o‘rtasida 24 ta jamoa ishtirok etadigan jahon kubogini tashkil etish hisoblanadi, uni ham 2021 yilda boshlash rejalashtirilgan.
“Sakkizlik finali” Yevropa chempionati, Afrika millatlari kubogi, Kopa Amerika va jahon chempionatiga saralash musobaqalari o‘tkazilishiga xalaqit qilmaydi.
Infantinoning yana bir yirik islohotlaridan biri jahon chempionatida ishtirok etuvchi jamoalar sonini 32 tadan 48 tagacha oshirish hisoblanadi.
Infantinoning “Sakkizlik finali” bo‘yicha taklifini FIFA kengashi ma'qullashi kerak.
Mavzuga oid
18:34 / 14.01.2026
Agar yaxshi o‘ynasak, O‘zbekiston butun dunyodan muxlislar orttiradi – Shomurodov
18:21 / 31.12.2025
FIFA yilning eng yaxshi futbolchisi uchun yangi mukofot ta’sis etdi
19:58 / 29.12.2025
FIFA JCh-2026 chiptalariga talab rekord darajaga yetganini e’lon qildi
21:16 / 18.12.2025