O‘zbekiston | 09:30 / 03.05.2018
28268
2 daqiqa o‘qiladi

FVV Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar haqida ma'lumot berdi

Foto: Nur.kz

Qozog‘iston Respublikasi IIV Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasidan olingan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 2 may kuni soat 02:39larda Qozog‘iston Respublikasi G‘arbiy-Qozog‘iston oblasti, Akjaik tumani, Lbiyensk qishlog‘i hududidan o‘tuvchi «Uralsk - Atirau» avtomobil yo‘lida harakatlanayotgan «MAN» rusumli yuk avtomobili bilan «Setra» rusumli avtobus (avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagan) to‘qnashgan, deb xabar bermoqda FVV axborot xizmati.
 
Sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi natijasida, quyidagi 2 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari vafot etgan:

1.  Olim Nematov, 1978 y.t. («MAN»rusumli, yuk avtomobil haydovchisi, yashagan manzili: Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani, Furqat ko‘chasi).

2.  Farid Gafurov, 1975 y.t. («Setra» rusumli avtobus haydovchisi, birlamchi ma'lumotga ko‘ra, Samarqand viloyati, Samarqand shahrida yashagan).

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar va Ichki ishlar vazirliklari birgalikda vafot etgan fuqarolar bo‘yicha ma'lumot ularning yaqin qarindoshlariga yetkazilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar va Ichki ishlar vazirliklari O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi elchixonasi bilan birgalikda vafot etganlarning jasadlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kelish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda yuz bergan YTH tufayli O‘zbekistonning ikki fuqarosi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid