Qozoğiston Respublikasi IIV Favqulodda vaziyatlar qömitasidan olingan ma'lumotga köra, joriy yilning 2 may kuni soat 02:39larda Qozoğiston Respublikasi Ğarbiy-Qozoğiston oblasti, Akjaik tumani, Lbiyensk qişloği hududidan ötuvçi «Uralsk - Atirau» avtomobil yölida harakatlanayotgan «MAN» rusumli yuk avtomobili bilan «Setra» rusumli avtobus (avtobusda yölovçilar bölmagan) töqnaşgan, deb xabar bermoqda FVV axborot xizmati.
 
Sodir bölgan yöl transport hodisasi natijasida, quyidagi 2 nafar Özbekiston Respublikasi fuqarolari vafot etgan:

1.  Olim Nematov, 1978 y.t. («MAN»rusumli, yuk avtomobil haydovçisi, yaşagan manzili: Buxoro viloyati, Ğijduvon tumani, Furqat köçasi).

2.  Farid Gafurov, 1975 y.t. («Setra» rusumli avtobus haydovçisi, birlamçi ma'lumotga köra, Samarqand viloyati, Samarqand şahrida yaşagan).

Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar va Içki işlar vazirliklari birgalikda vafot etgan fuqarolar böyiça ma'lumot ularning yaqin qarindoşlariga yetkazilgan.

Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar va Içki işlar vazirliklari Özbekiston Respublikasining Qozoğiston Respublikasidagi elçixonasi bilan birgalikda vafot etganlarning jasadlarini Özbekiston Respublikasiga olib keliş böyiça taşkiliy tadbirlar rejalaştirilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğistonda yuz bergan YTH tufayli Özbekistonning ikki fuqarosi halok bölgani xabar qilingandi.