Jamiyat | 00:53 / 04.05.2018
14705
2 daqiqa o‘qiladi

Sud zalida  yosh yigitga yana imkon berildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Olmazor tuman  sudida joriy yilning 2 may sanasida sudya B.Umirov boshchiligida sudlanuvchi Javohirjon Nurmamatovga nisbatan jinoyat ishi ko‘rildi.

 Kun.uz muxbirining habar berishicha, J.Nurmamatov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-modda 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bo‘yicha ayblangan.

Sudlanuvchi 2017 yil 7 noyabr kuni o‘ziga tegishli bo‘lmagan “Spark” rusumli, avtomashinani boshqarib, Qora-qamish va Shifonur ko‘chalari chorrahasida svetoforning taqiqlovchi qizil ishorasiga e'tibor bermay bir qancha YHH qoidalarini buzib, Ravshan Imamov boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir qilgan. Natijada, R.Imamov og‘ir tan jarohati tufayli voqea joyida vafot etgan.

Sud davomida sudlanuvchining va vafot etgan shaxsning qonuniy vakili, fuqaroviy da'vogarining ko‘rsatmalari tinglandi. Sud'ya tomonidan ishga taalluqli barcha vaziyatlar tushuntirilib o‘tildi. Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini va yoshlar ittifoqining kafillik xatlari ko‘rsatildi.

Sud barcha (yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi)holatlarni hisobga olib, J.Nurmamatovni O‘zbekiston Respublikasi JK 266 moddasining 2 qismi va shu qodeksning 45, 57-moddalarini (muayyan huquqdan mahrum qilish, yengilroq jazo tayinlash) qo‘llagan holda, uch yil muayyan huquqdan ya'ni, avtotransport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilib, ish haqining 30 foizini davlat hisobiga ushlab qolish, shuningdek, 2 yil 6 oy muddatga ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Hukmdan norozi taraflarga hukm e'lon qilingandan so‘ng 10 kun ichida apellyatsiya, 10 kundan keyin esa kassatsiya tartibida protest yoki shikoyat keltirishlari mumkinligi ko‘rsatilib o‘tildi.

Mavzuga oid