Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada turk va arman diasporalari vakillari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi
Turklar va armanlar o‘rtasidagi keskinlik chorshanba kuni Armaniston tarafdorlari A7 yo‘lini to‘sib qo‘yishganidan so‘ng kuchaygan.
Liondagi arman diasporasi vakillari yashaydigan rayonda chorshanba kuni kechqurun 300 nafarga yaqin turklar bilan to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda BFMTV telekanali.
Xabarda aytilishicha, politsiyachilar to‘qnashuvni to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgan, ammo payshanba kuni ertalab o‘zaro janglar yana davom etgan.
Turklar va armanlar o‘rtasidagi keskinlik chorshanba kuni Armaniston tarafdorlari A7 yo‘lini to‘sib qo‘yishganidan so‘ng kuchaygan. To‘qnashuvlar oqibatida to‘rt kishi jarohatlangan.
Yerevan Tog‘li Qorabog‘ mojarosida Turkiya Ozarboyjon tarafida qatnashayotganligini va harbiy yordam berayotganligini ta'kidlab kelmoqda. Boku bu ayblovni rad etmoqda. Shu bilan birga Turkiya ushbu nizoda hamisha Ozarboyjon tarafida bo‘lishini bildirgan.
Tog‘li Qorabog‘dagi jangovar harakatlar uch marta sulh tuzilganligiga qaramay davom etmoqda.
Mavzuga oid
22:51 / 21.06.2026
Fransiyada jazirama issiq tufayli qizil darajadagi xavf e’lon qilindi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026