Sport | 20:47 / 04.05.2018
7045
2 daqiqa o‘qiladi

Superliga. «Bunyodkor» «Nasaf»ni yengib, peshqadamga yetib oldi

Foto: championat.asia

Superliga 10-turida «Bunyodkor» o‘z maydonida «Nasaf» bilan bellashdi.

«Qaldirg‘ochlar» Ibrohimov va G‘iyosov gollari evaziga raqibni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu natijadan so‘ng, «Bunyodkor» 19 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan «Paxtakor»ga yetib oldi. Qatorasiga 4ta o‘yindan buyon g‘alaba nimaligini bilmayotgan «Nasaf» 14 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.

Superliga, 10-tur
4 may, Toshkent
Bunyodkor (Toshkent) – Nasaf (Qarshi) - 2 : 1 
Gollar:
 Ibrohimov (57), G‘iyosov (69) - Temirov (90+2)
Bunyodkor: 25.Murod Zuhurov, 2.Rustam Ashurmatov, 4.Akram Komilov, 6.Anvar G‘ofurov, 8.Jovlon Ibrohimov (s), 9.Shahzod Nurmatov, 11.Murod Toshmatov, 18.Sardor Sobirxo‘jayev, 20.Mirg‘iyos Sulaymonov, 30.Xurshid G‘iyosov, 44.Mirjamol Qosimov (28.Davron Umirov, 73).
Nasaf: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Maqsud Karimov (s), 5.G‘olib G‘aybullayev, 6.Azizjon G‘aniyev, 7.Odiljon Hamrobekov, 10.Bobir Abduxoliqov (69.Dragan Cheran, 45), 22.Igor Golban, 27.Islom Rashidxonov (21.Jahongir Aliyev, 62), 31.Saydullo Rahmatov, 55.Slavko Lukich, 77.Jasur Hasanov

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid