O‘zbekiston | 18:14 / 04.05.2018
22956
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yangi ko‘krak nishoni ta'sis etiladi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. 

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi va Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining mamlakatda nodavlat notijorat sektorini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan jamoat tuzilmalari vakillariga hamda tashabbuskor fuqarolarga fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishga katta ta'sir ko‘rsatgan ishlari va yutuqlari uchun topshiriladigan “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishonini ta'sis etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida hukumat qarorini qabul qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasiga Tanlov o‘tkazish va muvaffaqiyatli ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyatni amalga oshirganlik uchun nodavlat notijorat tashkilotlariga har yili mukofot berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash tavsiya etildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid