Sport | 20:49 / 05.05.2018
8794
1 daqiqa o‘qiladi

Bekzod Tursunboyev professional boksdagi debyutini ajoyib g‘alaba bilan boshladi

«O‘zbekiston» sport majmuasida bo‘lib o‘tayotgan boks kechasining ikkinchi jangida farg‘onalik Bekzod Tursunboyev o‘zining professional boksdagi dastlabki jangini o‘tkazdi.

Foto: KUN.UZ

Unga indoneziyalik tajribali bokschi, professional boksda 40 jang o‘tkazib, 29 g‘alaba, 8 mag‘lubiyat, 3 durang qayd etgan Roy Muxlis raqiblik qildi.

Tursunboyevning professional boksdagi debyuti 2 daqiqa, 52 soniya davom etdi. Raqib jigar qismidan o‘tkazib yuborilgan og‘ir zarbadan so‘ng jangni davom ettira olmadi. Natijada Bekzod Tursunboyev texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.

Foto: KUN.UZ

 

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid