Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bizning aloqamiz yo‘q». Ruhoniy Telegram bo‘yicha bayonot berdi
Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning ma'lum qilishicha, mamlakat hukumati Telegram messenjeri bloklanishiga aloqador emas. U bu haqda instagramdagi sahifasida yozgan.
«Hozircha «bu hukumat» tomonidan bironta ijtimoiy tarmoq va messenjer bloklanmadi hamda bloklanmaydi. Telegram’ning bloklanishi hukumat sa'y-harakatlarisiz va uning ma'qullovisiz amalga oshirilgan», - deya yozgan Ruhoniy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sud hokimiyati bloklanish haqidagi qarorni mustaqil ravishda chiqargan. Operatorlar shu qaror asosida messenjerga kirishni to‘sib qo‘yishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronda norozilik aksiyasi umuman kutilmagan ko‘rinishda avj ola boshlagani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.07.2026
Eron Ali Xominaiy bilan xayrlashadi
21:57 / 01.07.2026
O‘zbekiston delegatsiyasi Eron oliy rahbarining dafn marosimida ishtirok etadi
22:59 / 30.06.2026
400 kg uran nega 60 foizgacha boyitilgan? Eron elchisining javobi
14:37 / 30.06.2026