Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoda eng ko‘p sotiluvchi smartfonlar ma'lum qilindi
Foto: Ng Han Guan/AP/TT
Internetda 2018 yilning 1-choragiga ko‘ra smartfonlar bozori bo‘yicha Strategy Analytics’ning hisoboti berildi.
Hisobotga ko‘ra, joriy yilning 1-choragida eng ko‘p sotilgan smartfon iPhone X bo‘ldi. Tahliliy kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, dunyoda yanvardan mart oxirigacha umumiy hisobda 345 mln dona smartfon sotilgan. iPhone X’dan esa 16 mln dona sotilgan va bu umumiy sotilgan smartfonlarning 4,6 foizini tashkil qiladi.
2-4-o‘rinlarni ham Apple mahsulotlari – iPhone 8, 8 Plus va iPhone 7 egallagan. Ko‘rilayotgan davr ichida iPhone 8’dan 12,5 mln dona, iPhone 8 Plus’dan 8,3 mln dona, iPhone 7’dan esa 5,6 mln dona sotilgan.
Android’da ishlovchi smartfonlar faqatgina 5- va 6-o‘rinni egallagan. Bular mos ravishda Xiaomi Redmi 5A (5,4 mln dona) va Samsung Galaxy S9 Plus (5,3 mln dona) smartfonlari bo‘lgan.
Shuningdek, iPhone 8 va 8 Plus mart oyida eng ko‘p sotilgan smartfonlar bo‘lgan. Tahlilchilar buni qurilmalar qizil rangda (RED) ham chiqarilgani bilan bog‘lashmoqda.
Mavzuga oid
22:19 / 24.12.2022
Google smartfonlari 2022 yilning eng yaxshilari deb topildi
11:06 / 13.09.2020
«Chin mo‘jizasi» turkumidan: Xitoy kompaniyalari so‘nggi o‘n yilda smartfonlar bozorini qanday zabt etdi?
23:30 / 23.12.2019
Samsung va Apple smartfonlari sog‘liq uchun xavfli deb topildi
21:49 / 01.11.2019