Jahon | 15:04 / 05.05.2018
10144
1 daqiqa o‘qiladi

Litva prezidenti Putinning inauguratsiya marosimiga taklif etilmadi

Foto: John Thys / AFP

Litva prezidenti Dalya Gribauskayte va mamlakatning Moskvadagi elchisi Remigiyus Motuzas Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 7 mayga rejalashtirilgan inauguratsiyasi marosimiga taklif etilmadi. Bu haqda lžinios nashri xabar bermoqda.

Portal Litva prezidenti ma'muriyatining matbuot xizmatiga tayangan. U yerdan xabar berishlaricha, ayni damga kelib marosimga taklifnoma yuborilmagan.

«Litva TIVning aniqlik kiritishicha, juma kuni yakuniga qadar mamlakatimizning Moskvadagi elchixonasiga ham taklifnoma kelmagan», - deya yozadi portal.

Vazirlikdan ta'kidlashlaricha, marosimda ishtirok etish to‘g‘risidagi qarorni taklifnoma olinganidan so‘ng qabul qilishadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid