21:04 / 05.05.2018
21948

Professional boks kechasi. Uchinchi jang, uchinchi nokaut

Foto: KUN.UZ

«O‘zbekiston» sport majmuasida bo‘lib o‘tayotgan boks kechasining uchinchi jangida toshkentlik Umid Rustamov (3-0-0) ringga chiqdi.

Rustamovga gruziyalik tajribali bokschi, professional boksda 43 jang o‘tkazib, 18 g‘alaba, 20 mag‘lubiyat, 5 durang qayd etgan David Ribakoni raqiblik qildi.

Rustamov dastlabki raundlardan ustunlikni qo‘lga oldi. Ammo raqib uch raund davomida kuchli zarbalarga dosh bera oldi. Ammo uchinchi raundning 2 daqiqasiga kelib ikkinchi marta nokdaunga uchragan  Ribakoni jangni davom ettira olmadi. Natijada Umid Rustamov texnik nokaut bilan prof-ringdagi to‘rtinchi g‘alabasini nishonladi.

Top