Tunis sohillari yaqinida 219 muhojir qutqarib qolindi
5 may kuni Italiyaga noqonuniy yo‘l bilan o‘tmoqchi bo‘lgan kamida 219 noqonuniy muhojir Tunis harbiy-dengiz kuchlari bo‘linmalari tomonidan Tunisning sharqiy sohillari yaqinida qutqarib qolindi. Bu haqda Mosaique FM radiostansiyasi ma'lum qildi.
Uning ma'lumotlarga ko‘ra, baliq ovlovchi qayiqda Tunisning 211 fuqarosi, jumladan 195 erkak, 11 ayol va 5 bola hamda Kot-d'Ivuarning 7 fuqarosi va bir kamerunlik bo‘lgan. Ularning aytishgicha, ular Kerkenn orolidan Italiyaga 4 may kuni yo‘l olganlar.
Xalqaro migratsiya tashkiloti ma'lumotlarga ko‘ra, 2017 yilda Yevropaga O‘rta yer dengizi orqali 171 mingdan ko‘proq muhojir va qochqinlar yetib olgan. Biroq 3 mingdan ko‘proq kishi bu xavfli yo‘lda halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
12:24 / 20.02.2024
O‘zbekiston va Tunis mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdi
13:24 / 25.10.2023
Yerosti hovli uylarida yashaydigan odamlar – Tunisdagi Matmata shahri haqida
18:17 / 09.08.2023
O‘rta Yer dengizida migrantlar qayig‘i cho‘kib ketib, o‘nlab kishilar halok bo‘ldi
09:42 / 17.07.2023