Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Qozog‘iston importi keskin o‘sib bormoqda
Foto: People2people.com.ua
4 may kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro tovar aylanmasi qiymatini 5 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha Ishchi guruh takliflarni ko‘rib chiqdi. Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov qozog‘istonlik hamkasbi Asqar Mamin bilan suhbatlashdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil birinchi choragida ikki davlat o‘rtasidagi umumiy tashqi savdo aylanmasi 543,1 million dollarga yetgan, o‘tgan yilning mos davriga ko‘ra, 46 foiz o‘sish kuzatilgan. (371,8 million dollar)
Joriy yilning dastlabki uch oy yakunlariga ko‘ra, Qozog‘istondan O‘zbekistonga import qilingan tovarlar qiymati 399,9 million dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 51,1 foizga o‘sish bo‘lgan. O‘zbekiston eksporti esa birinchi chorak bo‘yicha 25,6 foiz o‘sgan bo‘lib, umumiy tovar qiymati 143 million dollarga teng.
Qozog‘iston Hukumati vakili Asqar Maminning fikriga ko‘ra, davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro tovar aylanmasi shu yilning o‘zida 3 milliard dollarga, 2020 yilga qadar 5 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
16:59 / 24.04.2026
13 ta tuman hokimiga intizomiy chora ko‘riladi
09:04 / 03.04.2026
Rossiya benzin eksportini iyul oxirigacha to‘xtatdi
21:27 / 31.03.2026
O‘zbekiston ketma-ket besh oydan beri oltin sotmayapti
08:28 / 30.03.2026