Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Frantsuzlar Trampning Parijdagi teraktlar haqidagi so‘zlarini “haqoratomuz” deb atashdi
Foto: flickr.com/Gage Skidmore
AQSh prezidenti Donald Trampning agar parijliklar qurollangan bo‘lganlarida, 2015 yildagi teraktlarni to‘xtata olgan bo‘lishlari mumkinligi haqidagi gaplari fransuzlarning nafsoniyatiga tegdi. Bu haqda The Independent nashri xabar berdi. Shu sababli Fransiya hukumati Trampdan 13 noyabrdagi teraktlar qurbonlari xotirasini hurmat qilishni talab qilgan.
Tramp ushbu so‘zlarini Dallasda milliy o‘qchilar uyushmasi a'zolari yig‘ilishida aytib o‘tgan.
“Agar u yerda (Parijda) biror odam bo‘lsa ham terrorchiga qarata yo‘naltirilgan qurolga ega bo‘lganda, terrorchilar qochib ketgan yoki o‘ldirilgan bo‘lardi va voqea o‘zgacha tus olardi”, deb aytgan Tramp.
Trampning bu so‘zlariga javoban Parij meri Ann Idalgo Trampning teraktlarga bergan ta'rifini “sharmandali va nomunosib” deb atagan. Fransiyaning sobiq prezidenti Fransua Olland esa Trampning bu “sharmandali izohlari” u Fransiya haqida va uning qadriyatlari haqida qanday fikrda ekanligidan darak berishini aytgan.
Fransiya iqtisodiyot vaziri Bruno Le Mer Trampga teraktlar haqidagi o‘z so‘zlarini ortga qaytarib olish chaqirig‘i bilan yuzlangan.
“Uning so‘zlari haqoratli va xalqaro maydondagi eng kuchli va Fransiyaga do‘st davlat prezidentiga nomunosibdir. Axir biz AQShda qurolning erkin tarqatilishi sababli yuz berayotgan ommaviy qotilliklar bo‘yicha shunday so‘zlarni aytishni o‘zimizga ep ko‘rayapmizmi? Men u o‘z so‘zlarini ortga qaytarib olishini va afsus bildirishini istayman”, deb aytgan Le Mer.
Parijda 2015 yil 13 noyabrda sodir etilgan bir qator teraktlar oqibatida 130 kishi halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
10:03 / 23.01.2026
Fransiya O‘rta Yer dengizida Rossiya tankerini ushladi
22:54 / 22.01.2026
Makronning ko‘zoynagi iVision Tech kompaniyasi qiymatini 4 million dollarga oshirdi
11:33 / 20.01.2026
Tramp Makronga 200 foizlik boj kiritish bilan tahdid qildi
20:54 / 18.01.2026