Sport | 09:16 / 07.05.2018
5610
1 daqiqa o‘qiladi

«Yuventus» chempion? «Napoli» raqibini o‘zidan yanada uzoqlashtirib yubordi

Foto: Andreas Solaro/AFP

«Napoli» Italiya chempionatining 36-turi doirasida «Torino» bilan durang o‘ynadi (2:2).

Neapolliklar ochko yo‘qotib, chempionlik poygasida yetakchilik qilayotgan «Yuventus»dan o‘tib ketishga bo‘lgan barcha imkoniyatni yo‘qqa chiqardi.

«Napoli» turinliklar qolgan ikki o‘yinda mag‘lubiyatga uchrasa, ulardan o‘zib ketishi mumkin, biroq qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha baribir «Yuventus» g‘alaba qozonmoqda.

A seriyada g‘olib ochkolar tengligida shaxsiy uchrashuvlar natijasi bo‘yicha aniqlanadi, biroq jamoalar bir birini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.

Keyin to‘plar orasidagi farq hisoblanadi, bu yerda «Yuventus»da juda katta imkoniyat – 73-28ga qarshi 84-23.

Mavzuga oid