Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nima uchun Nestle Starbucks'ga 7,15 mlrd dollar to‘laydigan bo‘ldi?
Foto: abnews.ru
Shveytsariyaning Nestle oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi Starbucks'ga shu nomli brend ostidagi mahsulotni sotish huquqi uchun 7,15 milliard dollar to‘laydigan bo‘ldi. Bloomberg kompaniyalarning qo‘shma bayonotiga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Nestle va Starbucks alyans tuzishga kelishib olishdi, uning doirasida Nestle o‘zining Nespresso va Dolce Gusto qahva-kapsulalarini sotishda Starbucks brendidan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, Starbucks kompaniyasining 500 xodimi Nestle'ga o‘tadi. Tayyor Starbucks mahsuloti va qahvaxonalardagi sotuvlar kelishuvga kirmaydi. Tomonlar bitimni 2018 yilning oxirigacha yopishni rejalashtirishmoqda.
Starbucks tushgan pullarni aksiyalar va dividendlarni tezlashtirishga yo‘naltiradi, kompaniya 2020 yilgacha aksiyadorlarga 20 milliard dollarni qaytarishni rejalashtirmoqda. Nestle Starbucks brendi ostidagi mahsulot sotuvlari hajmini 2 milliard dollarga baholamoqda va bitim 2019 yildayoq daromad o‘sishiga ta'sir ko‘rsatishiga umid qilmoqda.
Mavzuga oid
22:01 / 08.01.2026
Nestlé bolalar ozuqasi qaytarilmoqda. Ota-onalarni xavotirga solgan savollar
23:19 / 06.01.2026
Nestle xavfli toksin tufayli O‘zbekistonda bolalar ozuqasi ba’zi mahsulotlari qaytarib olinishini e’lon qildi
20:57 / 06.01.2026
Nestle xavfli toksin tufayli ko‘plab mamlakatlarda bolalar ozuqasini qaytarib olmoqda
18:20 / 06.01.2026