Putin Rossiya bosh vazirligiga nomzod taklif qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat dumasiga Dmitriy Medvedev nomzodini hukumat raisi etib tayinlash uchun rozilik olish maqsadida kiritdi. Bu haqda Kreml saytida xabar berilgan.
«Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasining 83-moddasi «a» bandi va 111-moddasiga muvofiq, prezident Davlat dumasiga Dmitriy Medvedev nomzodini, uni Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi etib tayinlashga rozilik olish maqsadida kiritdi», - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya hukumati prezident inauguratsiyasidan so‘ng iste'foga ketgani xabar qilingandi. «Rossiya Konstitutsiyasining 116-moddasi va «Rossiya hukumati to‘g‘risida»gi Federal konstitutsiyaviy qonunning 35-moddasiga muvofiq Rossiya hukumati yangi saylangan prezident oldida o‘z vakolatlarini topshiradi», - deyilgan Kreml xabarida.
Mavzuga oid
15:10 / 09.10.2024
BRICS mamlakatlari rahbarlari Putinni yana tug‘ilgan kuni bilan tabriklamadi
09:30 / 09.10.2024
Jurnalist Vudvord: Tramp Putin bilan yashirincha aloqada bo‘lgan
23:00 / 08.10.2024
Putin o‘zbekistonlik diplomat Ilhom Ne’matovni orden bilan taqdirladi
20:50 / 08.10.2024