Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suares raqib jamoa hujumchisining oyog‘iga zarba berganini tan oldi
Foto: Videodan kadr
“Barselona” hujumchisi Luis Suares Ispaniya chempionatining 36-turida Madridning “Real”iga qarshi kechgan uchrashuvda Lionel Messiga golli pas uzatishdan oldin raqib jamoa himoyachisi Rafael Varanning oyog‘iga tepganini tan oldi.
“Fikrimcha, u yerda kichik qo‘pollik bo‘ldi, chunki Varan to‘pni nazorat qilayotgandi, men esa uning oyog‘iga tepib yubordim. Klasiko har doim shunday sharoitlarda o‘tadi. Ikkala jamoa ham yutishni istagandi, biroq hammasi durang bilan yakunlandi.
Albatta, biz yutishni istagandik, biroq Serjio Robertoning chetlatilishi bizga xalaqit qildi. Jamoa a'lo darajada o‘ynadi, durang ham bu vaziyatda yomon natija emas”, deb aytgan Suares.
Mavzuga oid
14:33 / 30.07.2023
Suares 2024 yildan Messi bilan yana bir jamoada o‘ynaydi
23:08 / 31.12.2022
Luis Suares – «Gremio» futbolchisi
21:42 / 03.11.2021
Janjalkash, telba, daho - Luis Suaresning «Liverpul»dagi hikoyasi
16:18 / 11.09.2021