O‘zbekiston | 23:16 / 08.05.2018
10993
1 daqiqa o‘qiladi

9  may kuni poytaxtimizdagi Milliy bog‘da bayram salyuti otiladi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlab Mudofaa vazirligi tomonidan O‘zbekiston Milliy bog‘ining “Navro‘z” maydonidan 9 may kuni soat 21.00da bayram salyuti (feyyerverki) otiladi. 
Hozirda “Navro‘z” maydonida to‘plar va salyut qurilmalari uchun maxsus o‘t ochish pozitsiyalari jihozlangan bo‘lib, artilleriya tizimlari va ishga tushirish qurilmalari shay holatga keltirilgan. 
Bayramga bag‘ishlab salyut qurilmalaridan jami 42 ta salyut otiladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid