Özbekiston prezidenti yordamçisi Saida Mirziyoyeva özbekistonliklarni Xotira va qadrlaş kuni hamda Ikkinçi jahon uruşida qozonilgan ğalabaning 80 yilligi bilan tabrikladi.
"Bu kun biz tinç va osuda hayotimiz uçun jonini fido qilgan insonlar qahramonligi oldida boş egamiz. Ularning jasorati va matonati millat xotirasining tayançi, kuç-qudratimiz manbaidir.
Tarix saboqlari tinçlikning naqadar bebaho ne’mat ekanini doim yodimizga solib tursin. Barçamizga ezgulik, birdamlik, ertangi kunga işonç yor bölsin!" - deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

















