Fan-texnika | 09:57 / 08.05.2018
6728
1 daqiqa o‘qiladi

Aston Martin ilk elektr suv osti kemasini taqdim qildi

Britaniyaning Aston Martin kompaniyasi AQShning suv osti kemalari ishlab chiqaruvchi Triton kompaniyasi bilan birgalikda ilk elektr suv osti kemasini yaratdi. Kompaniya saytida aytilishicha, submarina Aston Martin Project Neptune o‘z ichiga 3 kishini sig‘dira oladi. Uning og‘irligi 4 tonnani tashkil qiladi. 

Submarina 9,3 km/soat tezlik bilan harakatlana oladi, maksimal sho‘ng‘ish chuqurligi 500 metrni tashkil qiladi. Kema akkumulyatori unga suv ostida 12 soatgacha qolishga imkon beradi. 
 
Ushbu submarina 3,3 mln dollarga baholangan. Kompaniya submarinadan cheklangan miqdorda ishlab chiqarmoqchi. 

Foto: astonmartin.com
Foto: astonmartin.com
Foto: astonmartin.com
Foto: astonmartin.com

 

Mavzuga oid