1964 yilda Jyeyms Bond haqidagi «Goldfinger» filmini suratga olişda foydalanilgan «Aston Martin DB5» avtomobili auksionda 6,4 mln dollarga sotildi.
Kaliforniyaning Monterey şahrida – klassik avtomobillarning dunyodagi eng katta auksioni lotida ğolib çiqqan millionerning ismi matbuotga ma'lum emas.
The Guardian xabariga köra, bu retro-maşina auksionda kutilganidan ham qimmatroqqa sotilgan va DB5 seriya avtolari içida eng qimmatiga aylangan.
«Auksionda rekord qayd etilgani, qolaversa, maşinaga qiziqişning öta yuqoriligi va uning atrofidagi şov-şuvni hisobga olib, bu DB5ni jahonning eng maşhur avtomobili deb hisoblasak böladi», – deydi auksioner Barni Ruprext.
Agent 007 haqida hikoya qiluvçi ikkita filmda Aston Martin`ning mazkur modelini haydab suratga tuşgan Şon Konneri ham avtokolleksionerlarning bu DB5`ga qiziqişi bejiz emasligini ta'kidladi.

«Bu maşinalar bilan boğliq reklama kampaniyalari esimda, ular «Goldfinger» va «Sanderbol» filmlaridan keyin ular ança maşhur bölib ketgandi. Özim ham yaqinda ajoyib DB5 sotib olgandim», – dedi Konneri.
Montereyda ötayotgan avtomobil haftaligida sotuvlarning umumiy qiymati 380 mln dollarga yetişi kutilyapti. Bunda har biri 1 mln dollardan oşiqroq narxga sotilayotgan maşinalar soni yuztadan ortişi taxmin qilingan.












