O‘zbekiston | 19:45 / 08.05.2018
6296
2 daqiqa o‘qiladi

Ilk o‘zbek-turk loyiha instituti Qashqadaryoda faoliyat yuritadi

O‘zbekistonda ilk bora qurilish va arxitektura sohasiga yo‘naltirilgan o‘zbek-turk qo‘shma loyiha instituti Qashqadaryoda o‘z faoliyatini boshlaydi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi shu haqida xabar berdi

O‘zbekiston dunyo turizm bozoriga o‘zining bebaho madaniy merosi, takrorlanmas tabiati va nodir tarixiy obidalari bilan jadal kirib bormoqda. Sohada olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar turizm infrastrukturasini keskin o‘zgartirishni taqozo etadi. Buning uchun turizm sohasida dunyoning yetakchi davlatlari tajribalarini o‘rganib, ularndan unumli foydalangan holda mamlakatning o‘ziga xos turistik imidjini shakllantirish asosiy vazifalardan biridir.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan olti nafar turkiyalik ishbilarmon investorlar guruhi shu maqsadda Qashqadaryoga tashrif buyurdi. Viloyat hududida dunyo standartlariga javob beruvchi mehmonxona va maiishiy xizmat ko‘rsatish obektlarini qurish va jihozlash borasida Turkiya tajribasidan foydalanishni ko‘zda tutgan holda qator kelishuv va g‘oyalar muhokama qilindi.

Amaliy ishlar natijasi sifatida O‘zbekistonda ilk bora qurilish va arxitektura sohasida o‘zbek-turk qo‘shma loyiha instituti Qashqadaryoda o‘z faoliyatini boshlaydi. Turkiyaning yetakchi qurilish kompaniyasi «Merchantist» va mahalliy «Pro Atlas grup» xususiy korxonasi yaqin kunlarda hamkorlikdagi loyihalarini taqdim etishadi.

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid