Telegram Rossiya Oliy sudining qarori yuzasidan shikoyat berdi
Telegram Rossiya Oliy sudining qarori yuzasidan shikoyat bilan chiqdi. Qarorda FXXning messenjerda xabarlarni qayta shifrlash to‘g‘risidagi qarori qonuniy deb topilgandi. Bu haqda advokat Pavel Chikov xabar bergan.
«Rossiya Oliy sudi Apellyatsion kollegiyasiga shikoyat yuborildi. Unda Telegram vakillari Rossiya Oliy sudining 2018 yil 20 martdagi qarorini butunlay bekor qilishni so‘rashgan», - deya yozdi Chikov o‘z Telegram-kanalida.
Roskomnadzor 16 apreldan Rossiyada Telegram’ni bloklamoqda. Messenjer bloklashni chetlab o‘tish uchun muntazam manzilini o‘zgartirmoqda: buning uchun Amazon Web Services, Google Cloud, Microsoft Azure va boshqa bulutli xizmatlar IP-adreslarini qo‘llamoqda. Shundan keyin Roskomnadzor bu provayderlarning IP-adreslarini ommaviy bloklashni boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedev matbuot kotibi Telegram’ga qanday qilib kirishni deputatga tushuntirgandi.
Mavzuga oid
13:20
Rossiya Ukrainaning qator mintaqalariga raketalar bilan hujum qildi
10:10
Rossiya Ukrainadagi urushga yamanliklarni yollamoqda - The Financial Times
21:25 / 25.11.2024
Kurskka yana ATACMS uchdi. Navbat «Oreshnik»gami?
21:11 / 25.11.2024