Rossiya Davlat dumasining «Yedinaya Rossiya» partiyasidan deputati va «Vedomosti» naşrining parlamentdagi sobiq muxbiri Natalya Kostenko Feysbukdagi öz sahifasida öziga Telegram’dan yozmaslikni söradi, sababi u uşbu servis işlamayotganini aytgan.
Uşbu xabarga qoldirilgan izohlardan biri esa Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedevning matbuot kotibi Natalya Timakova tomonidan yozildi. Timakova VPN’dan foydalanişni maslahat bergan.

Timakovaning izohi OAV e'tiborini tortgaç, yozuv Kostenkoning sahifasidan yöqolib qoldi. Biroq, Timakova ertasi kuni jurnalist Oleg Kaşinning sahifasidagi izohlarda «deputat bilan hazillaşgani»ni yozib qoldirdi.

Eslatib ötamiz, Roskomnadzor 16 apreldan Rossiyada Telegram’ni bloklamoqda. Messenjer bloklaşni çetlab ötiş uçun muntazam manzilini özgartirmoqda: buning uçun Amazon Web Services, Google Cloud, Microsoft Azure va boşqa bulutli xizmatlar IP-adreslarini qöllamoqda. Şundan keyin Roskomnadzor bu provayderlarning IP-adreslarini ommaviy bloklaşni boşlagan.













