Jahon | 11:00 / 08.05.2018
4445
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Eron bilan yadro kelishuvidan chiqmoqchi – NYT

Foto: AP Photo/J. Scott Applewhite

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron yadro dasturi bo‘yicha Qo‘shma keng ko‘lamli harakatlar rejasidan (QKHR) chiqish niyatida. Bu haqda The New York Times gazetasi yevropalik diplomatlarga asosan xabar berdi.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya yetakchilarining Tramp bilan muzokaralaridan xabardor diplomatlar AQSh prezidenti QKHRdan chiqish niyatida ekani va Tehronga qo‘shimcha sanksiyalar joriy etmoqchiligini xabar qilgan. Ayni damda AQSh prezidenti Yevropa davlatlariga Eron bilan hamkorlikni davom ettirishga imkon berib, bunday qadamning keskinligini yumshatishi yoki yanada kuchaytirishi noma'lum, deb aniqlik kiritdi nashr.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp 8 may kuni AQSh Eron bilan 2015 yilda tuzilgan yadroviy bitimni uzaytirishi yoki undan chiqishini e'lon qiladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid