Jahon | 01:14 / 08.05.2018
12130
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Putinni inauguratsiyasi bilan tabrikladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinga navbatdagi prezidentlik vakolatlarini bajarishga kirishgani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda Oq uy vakili Sara Sanders ma'lum qildi.  

“Prezident (Tramp) uni (prezident Putinni) tabriklaydi va biz Rossiya bilan yaxshi munosabatlarni yo‘lga qo‘ya oladigan davrni umid bilan kutib qoladi”, deb aytgan Sanders Oq uyning Putin inauguratsiyasiga munosabati qanday bo‘lgani haqidagi savolga javoban.

“AQSh har bir odamning ovoz berish huquqi va osoyishta yig‘ilishga huquqi borligiga ishonadi”, deb izoh bergan Oq uy vakili Rossiyada yaqinda o‘tgan muxolifat namoyishlari haqidagi savolga.

7 may kuni Katta Kreml saroyida Vladimir Putinning inauguratsiyasi marosimi bo‘lib o‘tdi. Putin qasamyod keltirib, 4-marotaba Rossiya prezidenti lavozimini bajarishga kirishdi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid