11:50 / 09.05.2018
8862

Yana bir klub APLdan tushib ketdi

Foto: beIN SPORTS

Angliya Premer Ligasi doirasidagi qoldirilgan uchrashuvda «Suonsi» o‘z maydonida «Sauthempton»ni qabul qildi. 

Bu o‘yin natijasi esa uchinchi jamoa - «Vest Bromvich»ni rasman Premer Ligadan tushirib yubordi.

Bu o‘yindagi durang «Vest Bromvich»ga so‘nggi tur oldidan ligada qolish imkoniyatini saqlab qolardi. Ammo mehmonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi g‘arbliklar taqdirini uzil-kesil hal qildi.

«Vest Bromvich» oxirgi marta 2008/09 yilgi mavsumida Chempionshipga tushib ketgan, ammo bir yildayoq yana elitaga qaytishga muvaffaq bo‘lgandi.

APLni tark etadigan uchinchi jamoa «Haddersfild» va «Suonsi» jamoalaridan biri bo‘ladi. «Haddersfild» qolgan ikki o‘yinda bir ochko olsa, ligadagi o‘rnini rasman saqlab qoladi. Jamoa bugun «Chelsi» mehmoni bo‘ladi, agar bu o‘yinda kamida durangga erishilsa, «Suonsi» rasman chempionshipga tushib ketadi.

Top