Sport | 08:30 / 21.01.2018
76880
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Raqibiga dahshatli jarohat yetkazgan Rondon yig‘lab yubordi

«Everton» yarim himoyachisi Jyeyms Makkarti Angliya Premer-ligasining 24-turida «Vest Bromvich Albion»ga qarshi o‘yinda (1:1) og‘ir jarohat oldi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida irlandiyalik futbolchi «qorayaloqlar» jamoasi hujumchisi Xose Salomon Rondondan to‘pni olib qo‘yishga harakat qilganida venesuelalik futbolchi Makkartining oyog‘iga o‘zi istamagan holda qattiq zarba berib yubordi.

«Everton» futbolchisini gazondan zambilda ko‘tarib chiqishdi, Rondon esa raqibiga yetkazgan jarohati tufayli shok holatga tushdi va maydonda yig‘lab yubordi. Uni jamoadoshlari va murabbiylari ovutishga majbur bo‘lishdi.

O‘yindan keyin «irislar» bosh murabbiyi Sem Ellardays Makkarti mavsum oxiriga qadar safdan chiqqanini ma'lum qildi.

Rondon o‘yindan keyin o‘z tvitterida Makkartiga murojaat qilib, unga sog‘liq tiladi.

«Qattiq xafaman. Hamkasbing bunday og‘ir jarohat olganida raqiblik unutiladi. Juda ham umid qilamanki, sen tezda sog‘ayib ketasan», — deya yozgan Rondon.

 

Mavzuga oid