Jahon | 12:49 / 10.05.2018
13991
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Markaziy Osiyoda Rossiya OAV ta'sirini kamaytirishni rejalashtirmoqda

Foto: RIA Novosti / Aleksey Filippov

AQSh Markaziy Osiyoda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish uchun 15 mln dollar ajratdi, bu yerda, amerikaliklarning fikriga ko‘ra, Rossiya ommaviy axborot vositalari jamoatchilik fikriga katta ta'sir ko‘rsatadi. Bu haqda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining shartnomasida aytiladi, RT hujjat bilan tanishib chiqqan.
 
Shu bilan birga, hujjatda ta'kidlanishicha, Vashington Rossiya ommaviy axborot vositalari bilan bevosita kurash olib borish niyatida emas. Buning o‘rniga, Davlat departamenti mahalliy jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlaydi va aholining mediasavodxonligini oshiradi, bu ular «demokratik tizimda axborotning rolini yaxshiroq tushunishi» uchun qilinadi.

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) may oyida Markaziy Osiyoda «mustaqil» ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash uchun shartnomani e'lon qildi. Tashabbusning asosiy maqsadlaridan biri – mintaqada rus ommaviy axborot vositalarining ta'sirini kamaytirish. 

Hujjat mualliflari fikricha, Markaziy Osiyoda, xususan, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistonda yuqori sifatli, ijtimoiy ahamiyatga ega kontent yaratish imkoniyati past darajada saqlanib qolmoqda. Shu bilan birga, Rossiya tomonidan efirga uzatiladigan yangiliklar va ko‘ngilochar dasturlarning kuchli ta'siri mavjud bo‘lib, «bu mintaqada jamoatchilik fikrini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi».

 

Mavzuga oid