Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Boshqa tegishmadi». Putinning tansoqchilari itarib tashlagan faxriy hodisaga izoh berdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tansoqchilari itarib tashlagan urush qatnashchisi Dmitriy Sirkashev RT telekanaliga RF yetakchisi xavfsizlik xizmati haqida gapirib berdi.
«Men ketayotgan edim, prezident meni taniydi: biz bunga qadar u bilan uchrashganmiz. U meni o‘ziga chaqirdi... Tansoqchilar meni itarib tashlashga urinishdi, biroq prezident ushlab qoldi – men uning yoniga yaqinlashdim, tansoqchilar menga boshqa tegishmadi. Ular prezident meni yaxshi bilishi va men prezident bilan tanish ekanimni sezishdi», - deya aytib o‘tgan general-mayor Sirkashev.
Veteranning qo‘shimcha qilishicha, ular hodisa yuz berganidan so‘ng Noma'lum askar qabriga borishgan va gulchambarlar qo‘yishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov harbiy parad vaqtida ro‘y bergan hodisaga izoh bergandi, o‘shanda qo‘riqlash xizmati xodimlari davlat rahbari Vladimir Putinga yaqinlashmoqchi bo‘lgan faxriyni siltab tashlashdi.
Mavzuga oid
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
09:15 / 26.06.2026