Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml parad paytida Putinga yaqinlashmoqchi bo‘lgan faxriyni tansoqchilar siltab tashlaganiga izoh berdi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov harbiy parad vaqtida ro‘y bergan hodisaga izoh berdi, o‘shanda qo‘riqlash xizmati xodimlari davlat rahbari Vladimir Putinga yaqinlashmoqchi bo‘lgan faxriyni siltab tashlashgandi.
«Bu, albatta, atayin qilinmadi. Prezident bundan keyin shunday vaziyatlarda istisno qilinishi lozimligiga e'tibor qaratdi», - deya Peskovning so‘zlarini keltiradi «Govorit Moskva» radiostansiyasi.
Putinning o‘zi ham bu hodisaga e'tibor qaratdi va keksa erkakning yoniga kelib, uning qo‘lini siqqan hamda Aleksandrovskiy bog‘idagi Noma'lum askar qabriga o‘zi bilan birga borishga taklif qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskvada Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 73 yilligiga bag‘ishlangan parad bo‘lib o‘tayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:35
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026