Sport | 11:00 / 10.05.2018
15857
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya mintaqalarida JCh-2018 vaqtida kabob pishirish taqiqlanadi

Foto: pixabay.com

Rossiya hukumatining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha komissiyasi futbol bo‘yicha jahon chempionati-2018 o‘tkazilishi vaqtida yong‘inga qarshi alohida rejim joriy etadi. Bu haqda «Izvestiya» xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, alohida rejim bilan Rossiya mintaqalarida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha qo‘shimcha choralarni joriy etish nazarda tutilmoqda. Xususan, mahalliy hokimiyat organlari gulxan va qurib qolgan o‘tlar yoqishni taqiqlaydi. Mintaqalarning aksariyatida kaboblar pishirish bilan birga kechadigan sayrlar ham taqiqlanadi.

Rossiyadagi jahon chempionati 14 iyundan 15 iyulga qadar bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainada JCh-2018 translyatsiyasi o‘lim bilan tenglashtirilgandi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid