Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ShHTga a'zo mamlakatlar turizm bo‘yicha hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga kirishdi
Xitoyning Uxan shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a'zo mamlakatlar turistik ma'muriyati rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari shu haqida xabar berishdi.
Uchrashuv XXR madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Li Tszintszao raisligi ostida o‘tdi. Unda shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A.Abduhakimov, Hindiston Respublikasi turizm davlat vaziri, Elektronika va axborot texnologiyalari vaziri K.J.Alfons, Qozog‘iston Respublikasi madaniyat va sport vaziri o‘rinbosari Ye.T.Kojagapanov, Qirg‘iziston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligi qoshidagi turizm departamenti direktori A.K.Jumankulov, Pokiston Islom Respublikasining XXRdagi elchixonasi maslahatchisi Balox Mumtoz, RF turizm federal agentligi rahbari o‘rinbosari N.V.Korolyov, Tojikiston Respublikasi hukumati qoshidagi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi N.A.Abdug‘afforzoda hamda ShHT bosh kotibi o‘rinbosari A.A.Nosirov ishtirok etdi.
Uchrashuv ishtirokchilari ShHT doirasida turizm bo‘yicha hamkorlik yo‘lida erishilgan kelishuvlarni yuqori baholashdi, turizm milliy sanoatini rivojlantirishga oid ma'lumotlar va hamkorlikni faollashtirish, uni yangi yo‘nalishlar va amaliy ishlar bilan to‘ldirishga doir fikrlar bilan almashishdi.
ShHTga a'zo mamlakatlarning turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga doir dasturini amalga oshirish muhimligini inobatga olgan holda, delegatsiyalar rahbarlari ShHT kotibiyatiga BMTning Jahon turistik tashkiloti bilan aloqa o‘rnatish masalalarini ishlab chiqishni tavsiya qilishdi.
Turizm ma'muriyati rahbarlarining uchrashuvi o‘zaro ishonchli va do‘stona muhitda o‘tdi. Delegatsiyalar rahbarlari tadbirni yuqori darajada tashkillashtirgan Xitoy tomonga minnatdorchilik bildirishdi. Keyingi uchrashuv sanasi va joyi ShHT kotibiyati orqali muvofiqlashtiriladi.
Mavzuga oid
18:35 / 09.02.2026
Britaniya turoperatori Pekin - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha lyuks poyezdini yo‘lga qo‘yadi
14:30 / 03.02.2026
Elchixonalarda madaniyat va turizm bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi
20:47 / 30.01.2026
O‘zbekiston mazali taomga ega davlatlar reytingidan tushib ketdi
15:39 / 28.01.2026