O‘zbekiston | 23:53 / 11.05.2018
15877
1 daqiqa o‘qiladi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazir​ligi rahbariyatida tayinlov bo‘ldi

Foto: Mitc.uz

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari​ tayinlandi. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati xabar bermoqda
Ma'lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 10 maydagi farmoniga muvofiq, Davron Anvarovich Ismailov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

«Shu munosabat bilan, 11 may vazirlikda tayinlov bo‘lib o‘tdi. Davron Ismailov bugungacha vazirlikning Investitsiyalar va moliyaviy boshqaruv boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 11 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasida ham yirik o‘zgarish yuz berdi.

Mavzuga oid