Lavrov: Rossiya tashvishda
Rossiya tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sergey Lavrovning ma'lum qilishicha, Moskva Yaqin Sharqdagi geosiyosiy holatni o‘zgartirishga qaratilgan harakatlardan tashvishda. Bu Falastin muammosini orqa planga surib qo‘yish maqsadida qilinmoqda, deb xabar berdi RIA «Novosti».
«Shu bilan birga, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika geosiyosiy xaritasi ko‘rinishini o‘zgartirish bo‘yicha biz uchun xavotirli bo‘lgan harakatlar yuz bermoqda. Bu Falastin muammosini eng orqa o‘ringa surib qo‘yish uchun qilinyapti», - deya aytib o‘tdi Lavrov BMTning Yaqin Sharq tinchlik jarayoni bo‘yicha maxsus koordinatori Nikolay Mladenov bilan uchrashuvda.
Uning ta'kidlashicha, xalqaro hamjamiyat Yaqin Sharqdagi barcha muammolarni hal qilib, Falastin muammosini e'tiborsiz qoldira olmaydi, bunga haqqi ham yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lavrov AQShning Eron bilan yadro kelishuvidan chiqishi oqibatlari haqida aytgandi.
Mavzuga oid
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
18:42 / 04.10.2024