Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning ma'lum qilişiça, AQŞ Eron böyiça yadroviy kelişuvdan çiqsa, dunyo yadro qurolini tarqatmaslik böyiça eng muhim hujjatlardan birini yöqotadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Agarda AQŞ, buni prezident Donald Tramp bir neça marotaba ma'lum qilib ötdi, bu kelişuvdan çiqişi haqida ma'lum qilsa, unda, albatta, xalqaro hamjamiyat, barçamiz, ommaviy qirğin qurolini tarqatmaslik böyiça rejimni ta'minlovçi eng muhim vositalardan birini yöqotamiz», - dedi Lavrov.
Şuningdek vazirning ta'kidlaşiça, Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu tilga olgan hujjatlar Eronning ötmişdagi faoliyatiga aloqador bölişi mumkin. Bu MAGATE (Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik) ekspertlari tomonidan hisobga olindi. Lavrov taşkilotga uşbu hujjatlarni darhol topşirişga çaqirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq MRB sobiq direktori Maykl Xeyden AQŞ Eronda harbiy yadroviy dastur töxtatilganini 10 yil avval bilgani haqida ma'lum qilgandi.

















