Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziyaning yangi bosh vaziri qasamyod keltirdi
Foto: aa.com.tr
Malayziyadagi parlament saylovlarida g‘alaba qozongan Maxatxir Muhammad 10 may kuni mamlakat bosh vaziri sifatida qasamyod keltirdi.
Malayziya qiroli Yang di-Pertuan Agonga ishtirokida o‘tgan tantanali marosim Malayziya televideniyesi orqali jonli ravishda namoyish qilingan.
Mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra, bosh vazir nomzodini qirol tasdiqlaydi.
Maxatxir Muhammad ushbu lavozimni avval ham, ya'ni 1981 yildan 2003 yilgacha egallagan.
Malayziya saylov komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, Muhammad boshchiligidagi “Umid alyansi” koalitsiyasi parlamentdagi 222 ta o‘rindan 112 tasini olgan. Koalitsiyaning asosiy raqibi – hukmron UMNO partiyasiga 79 o‘rin tekkan. Ta'kidlanishicha, 2013 yilda UMNO 133 ta o‘rin olgan.
Malayziyaning 1957 yilda mustaqilligi e'lon qilingandan to hozirgi kungacha mamlakatda UMNO hukmron partiya bo‘lib kelayotgandi.
Mavzuga oid
12:54 / 02.04.2026
Pushti masjid, qadimiy port, egizak minoralar va keng assortimentli gastronomiya: sayohat uchun nega Malayziyani tanlash kerak?
12:24 / 17.03.2026
“Umra plyus” dasturi uchun malay va indonez tillarini biladigan gidlar tayyorlanadi
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
19:34 / 11.01.2026