Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun Iroqda parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi
12 may kuni Iroqda mamlakat IShID terrorchilik guruhidan ozod qilingandan keyin ilk parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Oxirgi marta saylovlar 4 yil avval o‘tkazilgandi. Shundan bir necha oy keyin Iroqning 40 foizga yaqin hududi IShID tomonidan bosib olingandi.
10 may kuni muddatdan avval ovoz berish bo‘lib o‘tdi. Unda harbiylar, politsiya, boshqa xavfsizlik kuchlari, peshmerga vakillari ishtirok etishgan. Shuningdek, ovoz berishda Iroq turmalaridagi mahbuslar va shifoxonalarda davolanayotganlar ham ishtirok etishgan. 12 may kuni esa saylovlar butun Iroq bo‘ylab o‘tadi.
Iroqning oliy mustaqil saylov komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, Iroqning 36 mlnlik aholisidan 24 mln nafari saylovlarda ishtirok eta oladi. Komissiyaning ma'lum qilishicha, parlamentdagi 329 ta o‘ringa 7 mingdan ko‘proq nomzod da'vogarlik qilmoqda.
Saylovlarda g‘alaba qozonadigan koalitsiya hukumatni shakllantirishiga to‘g‘ri keladi. Ushbu hukumat mamlakatni 4 yil davomida boshqaradi.
Iroqlik mutaxassislarning aksariyati parlament saylovlarida g‘alaba qozonishga “Nasr koalitsiyasi” va “Fath alyansi”da imkoniyat ko‘proqligini ta'kidlashmoqda. “Nasr koalitsiyasi”ga Iroqning amaldagi bosh vaziri Haydar al-Obodiy yetakchilik qiladi.
Mavzuga oid
09:00 / 09.06.2026
Armaniston yevropacha kelajakni tanladi - YeI rahbarlari
23:18 / 07.04.2026
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi
12:11 / 21.03.2026
NATO Erondagi urush sabab Iroqdagi missiya xodimlarini olib chiqmoqda
15:03 / 13.03.2026