Jahon | 07:34 / 12.05.2018
5353
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Buyuk Britaniyaga tashrif buyuradi 

Foto: Anadolu

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 13-15 may kunlari Buyuk Britaniyaga tashrif buyuradi. Erdo‘g‘anning matbuot xizmatida ma'lum qilinishicha, Erdo‘g‘an tashrif davomida Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II va bosh vazir Tereza Mey bilan uchrashadi.

Erdo‘g‘an, shuningdek, Turkiya-Britaniya forumi Tatlıdil’ning 7-majlisi yopilishida ishtirok etadi hamda Buyuk Britaniya biznes doiralari vakillari bilan uchrashadi.

Bundan tashqari, Turkiya rahbari Chatham House tahliliy markazida nutq so‘zlaydi.

“Buyuk Britaniya Turkiyaning strategik ittifoqdoshlari va asosiy iqtisodiy hamkorlaridan biridir. Ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 16 mlrd dollardan oshadi. Ikki davlat global va mintaqaviy xavflarni bartaraf etish masalalarida jadal muloqot olib boradi”, deyilgan xabarda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid