Light | 22:06 / 13.05.2018
12057
1 daqiqa o‘qiladi

Motorlashtirilgan kulba tezlik rekordini o‘rnatdi   

Foto PA

Uelsning Pendayn-Sendz plyajida soatiga 101 mil (162 km/soat) tezlikka erishgan motorlashtirilgan kulba o‘zining tezlik rekordini yangiladi.

Kulbaning egasi 53 yoshli bog‘bon Kevin Niks Oksfordshirdan bo‘lib, u noodatiy transport vositasiga 13 ming funt sterlingga yaqin pul sarflagan. Niks uni yaratishdagi barcha ishlarni o‘zi bajargan: kulbani qurgan, unga dvigatel o‘rnatgan va shassi mahkamlagan. U dvigatelni kuchlirog‘iga almashtirib, transport vositasini bir necha bor takomillashtirgan.

“Keyin men bu kulba qanchalik tezlasha olishi mumkinligi haqida o‘ylay boshladim. Men bir nechta musobaqalarda ishtirok etib, barchasida g‘olib bo‘ldim”, deb aytmoqda Niks.

Kulba qatnov uchun litsenziyaga ega bo‘lib, Niks do‘konlarga borish va qizini maktabiga eltib qo‘yish uchun uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan.

Foto PA

Mavzuga oid