Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ba'zi advokatlar qonunlarni yaxshi biladi, boshqalar sudyalarni (video)
Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston prezidenti «Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonga imzo chekdi.
Farmonga ko‘ra, advokat 2018 yil 1 iyuldan boshlab nizolarni sudga qadar hal qilish, taraflarning yarashuvi, shuningdek, hakamlik sudyasi bo‘lish (bunda advokat tomonlardan birining vakili bo‘lishi istisno sanaladi) huquqiga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari, advokatura faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi uchun litsenziya olishga advokatlik tuzilmasida majburiy amaliyot muddati olti oydan uch oygacha qisqartirildi. Bunda davlat organlari va tashkilotlarning yuridik xizmati xodimlari, shuningdek sudya, tergovchi yoki prokuror sifatida kamida uch yil ishlagan shaxslar majburiy amaliyotdan ozod qilinadi.
Umuman olganda, juda ko‘plab yangi narsalar bor.
Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi ijodiy guruhi ushbu mavzu bo‘yicha maxsus reportaj tayyorladi.
Video multimedia markazining Facebook’dagi rasmiy sahifasida joylashtirildi.
Mavzuga oid
23:16 / 03.03.2026
Umrbod qamoq jazosi pedofiliya jinoyatiga takroran qo‘l urgan shaxslarga taalluqli bo‘ladi
08:38 / 25.12.2025
Ijtimoiy xavfli ahvoldagi bolalar belgilangan ta’lim muassasasiga imtihonsiz qabul qilinadi
08:53 / 24.12.2025
Pasport nazoratida bojxonaga xabardor qilish tartibi joriy etiladi
08:48 / 24.12.2025