Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yer maydonlarining monitoring ishlari dronlar yordamida amalga oshirilmoqda
Foto: 24gadget
Qishloq xo‘jaligi sohasiga innovatsion texnologiyalarni jalb qilish orqali nafaqat mehnat unumdorligiga, balki sifatli va yuqori hosil olishga ham erishish mumkin. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan uchuvchisiz boshqariladigan dronlar orqali monitoring ishlarini tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad ham shu, deb yozyapti “Xalq so‘zi”.
— Qo‘mitamiz tomonidan qishloq xo‘jaligida uchuvchisiz boshqariladigan dronlardan unumli foydalanishga kirishildi, — deydi mutaxassis Odiljon Jabborov. — Ular yordamida 500 gektar maydonda kuzatish ishlarini atigi ikki soatda amalga oshiramiz. Vaholanki, avvallari bu ishlar uchun uch kun vaqt sarflanardi. Innovatsion texnologiya orqali maydonlarni nafaqat kuzatish, balki suratga olish, xaritasini tuzish ishlari ham amalga oshirilmoqda.
Andijon viloyatida 20 ming gektar maydondagi kuzatish ishlari atigi uch kun mobaynida amalga oshirilganligining o‘ziyoq uning samarali natijasi ifodasidir. Qishloq xo‘jaligida bu kabi innovatsion texnologiyalardan foydalanish unumdorlikni oshirish, ekinlar rivojini kuzatib borish va har bir qarich yerdan samarali foydalanish choralarini ko‘rish mumkin.
Mavzuga oid
20:58 / 14.05.2026
Qozog‘iston Turkiya dronlarini ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish maydoniga aylanadi
08:28 / 13.05.2026
Orenburgdagi gaz sanoati obektlari dron hujumiga uchradi
08:39 / 04.05.2026
Dunyoda birinchi davlat to‘liq avtonom dronlar galasini sinovdan o‘tkazdi
20:41 / 20.04.2026