Iroqda parlament saylovlari. Unda amaldagi bosh vazir partiyasi yetakchilik qilmoqda
Iroqda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida mamlakatning amaldagi bosh vaziri Haydar al-Obodiy tomonidan boshqariladigan «Nasr koalitsiyasi» saylov bloki yetakchilik qilmoqda.
«Biz Iroq bo‘ylab ustunlik qilmoqdamiz. Bag‘dodda ham, Mo‘sulda ham, boshqa yirik shahar va viloyatlarda ham ko‘pchilik ovozlarga ega bo‘ldik», degan RIA Novosti manbasi.
Sky News Arabia telekanali xabariga ko‘ra esa, «Nasr koalitsiyasi» yangi parlamentdagi 329 mandatdan 65ta o‘rin oladi. «Al-Arabiya» telekanali ma'lumotiga ko‘ra esa, bu o‘rinlar soni 60tani tashkil etadi.
Ikkinchi o‘rinni shialar orasida katta ta'sirga ega bo‘lgan, Muktadoy as-Sadr tomonidan boshqariluvchi «Sairun» koalitsiyasi egallashi kutilmoqda (51 o‘rin).
Shanba kuni Iroqning asosiy qismi IShIDdan ozod etilganidan keyin mamlakatda ilk marta parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, saylovda davomat 44,52 foizni tashkil etgan, bu esa saylovda 10,7 million kishi ishtirok etganini anglatadi.
Saylov natijalari bugun e'lon qilinishi kutilmoqda.
Iroq oliy saylov komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda yangi deputatlarni saylash huquqiga ega saylovchilar soni 36 millionlik aholi orasidan 24 millionni tashkil etadi. Saylov poygasida 29ta saylov bloki ishtirok etdi, bu bloklar 200ga yaqin turli siyosiy partiyalarni birlashtirgan. 329 mandat uchun 7 mingga yaqin nomzod da'vogarlik qildi.
Saylovda g‘alaba qozongan koalitsiya keyingi 4 yil davomida mamlakatni boshqaradigan hukumatni shakllantiradi.
Mavzuga oid
23:04 / 02.10.2024
Uzbekistan Airways Iroq va Eron havo hududini aylanib o‘tishini e’lon qildi
08:10 / 01.10.2024
AQShning Iroqdagi harbiy bazasi raketa hujumiga uchradi
20:19 / 28.09.2024
AQSh boshchiligidagi koalitsiya Iroqdagi missiyasini 2025 yilda yakunlaydi
21:57 / 07.09.2024